Search Qutulush

2/13/2011

"QUTULISH" Uzbekcha From Ghayret Sidik

Bismillahir rahmonir rahim
QUTULISH
O’zingni va dunyoni qutqarish uchun har bir inson o’z-o’zini qutqazishdan boshlasa, dunyoda qutqazadigan hech kim qolmaydi. Bu faqat shaxsiyatchilik niyyati bilan bo’lmasligi kerak.

Tafsiloti:
Ey insonlar! Dunyoga sinchiklab qarasak, bu dunyo biz insonlar uchun yaralganligini va dunyoda eng qimmatli - inson ekanligini ko’ramiz. Ham yaratilishimizga qarasak, har hil davlatda va har hil millat, har hil jinsda tug’ilamiz. Tug’ilishimizni, millatimizni, davlatimizni, jinsimizni tanlab ololmaymiz. Shunday ekan, bu bizni aybimiz emas. Ba’zanlarimiz, boy va amaldor oilada, ba’zanlarimiz esa, kambag’al va yoki ko’chada tug’ilamiz, va o’lim ham xuddi biz bilan birga tug’ilgandek undan ham qutulish yo’q. Bu muqaddas haqiqatni o’zgartira olmaymiz. Bizning qo’limizdan bu o’zgartirish kelmagandan keyin, ham bu bizning aybimiz bo’lmagandan keyin, bunga rozi bo’lib, shukur qilib, sabr qilib yashashimiz kerak! Insonni qimmati – avval o’z-o’zini qimmatini bilishi va haqiqat parvarligi, axloqi bilan o’lchanadi. Inson - inson uchun qul bo’lishga yaratilmagan. Yana millatlar bilan, millatlarni kelib chiqishini bog’lasak, biz bir ota-onadan paydo bo’lganligimiz ham ko’rinib turadi. Shunday ekan, nima uchun biz bir-birimizga zulm qilamiz? Biz bu dunyoga bir-birimizni o’ldirish uchun yaralmaganmiz. Ba’zanlarimiz, xuddi bu dunyoga qasos olish va bir-birimizni o’ldirish uchun kelgandek nafrat bilan yashaymiz. Albatda, buning ba’zi sabablari bordir. Boshqalarning yoki, ota-onamiz qilib qoygan xatosi tufayli, buning badalini biz o’tashimizga to’g’ri kelgandir. Lekin buni qasos yo’li bilan emas, to’lam to’lash yoki kechirib yuborish yo’li bilan ham qilsa boladi-ku.
Ey insonlar! O’zimizni diniy tomondan - eng adolatli, eng to’g’ri bolgan dinni tanlashimiz kerak.
Axloqiy tomondan - butun yomon ishlardan saqlanishimiz, boshqarishimiz, o’zimiz eng yaxshi ko’rgan narsani boshqalarga ham ravo ko’rishimiz, boshqa insonlarni o’zimiz bilan teng ko’rishimiz, kamtar bo’lishimiz, dunyoni asosan axloqiy fazilatlarimiz bilan boshqarishimiz kerak.
Aqliy tomondan - kamolatga yetgunimizcha ilm olishimiz, o’rganishimiz, bilimimizga avval o’zimiz amal qilishimiz, undan keyin boshqalarga bilgan bilimimizni qizg’anmasdan o’rgatishimiz va kamtar bo’lishimiz, kimni to’g’ri fikri bo’lsa, qabul qilishim kerak. Dunyoda butun xatoliklar bilmaganlikdan yoki bilsa ham, amal qilmaganlikdan kelib chiqadi.
Jismoniy tomondan – sog’lom bo’lishimiz uchun xalol va pok bo’lgan, inson badaniga ziyon yetkazmaydigan tabiiy ovqatlar bilan oziqlantirishimiz kerak. Chunki, kasallik ham tamoqdan, shifosi ham tamoqdan bo’ladi. Yana topgan maoshimiz, kelayotgan rizqimizni ham to’g’ri va pok yo’l bilan topgan va topmaganligimiz va boshqalarning haqqi aralashib ketmasligiga diqqat qilishimiz kerak. Bo’lmasa to’g’rilik bizga ta’sir qilmaydigan bo’lib qolamiz.
Iqtisodiy tomondan – o’zimizni Allohdan boshqalarga muhtoj qilmagan o’rtahol xolatga kelishimiz va boriga shukr qilib, boshqalarning moliga qizg’anish bilan qaramasligimiz, bir-birimiz bilan xamkorlik asosida birga yurishimiz, hech qachon raqobat deb “sen o’l! men yashay” demasligimiz kerak.
Ey ba’zi davlat amaldorlari! O’zimizga qarab ko’raylik. Bizning to’g’ri yoki xato ishlarimiz o’zimiz bilan birga ketmasdan, yashab turgan davlatimizdagi butun insonlarning manfaatiga aloqador etadi. Shuning uchun to’g’ri adolatparvar bo’laylik. xech qachon amalga chiqib olguncha, xar xil va’da qasamlar ichib, chiqib olgandan keyin, boshqa davlat raxbarlari bilan ustunlik talashib, o’z manfaating yo’lida xalqni va xalq farzandi bo’lgan askar, militsiyalarni xoxlagancha ziyon qilma, o’limiga sababchi bo’lma. Agar amal kursiga chiqib olganingda, sening va xalqingni irodasi bo’yicha boshqarishga, boshqalarning allaqachon joylashtirib qo’ygan razl rejasini bir parchasi bolib, xaykal o’rnida qolib, buni xalqinga oshkora qilolmasang, buni o’zgartirishga kirishgin. Faqat jondan kechsangda buni amalidan chiqsang boladi. Aks holda, sening avloding va yaxshi ko’rgan butun narsangni havf-xatar yo’liga qo’yib qo’ygan bo’lasan. Unutma! O’limdan qochib qotulish yo’q! Qaxramonlik umringni qisqartira ololmaydi, qurqorlik umringni uzataolmaydi. Xar bir inson o’z xayotini qadrli va ulug’ ishlar uchun sarf qilish kerak.
Ey ba’zi boylar! Bizlar tug’ilsak, asosan ko’p yerlarni o’zinga bog’lab sotib olib, boshqalarga fursat ham qoldirmapsan. Undan keyin bizlarni axmoq, omadsiz deb hisoblaysan. O’zing o’z davlating va yoki dunyoni chambarak qilib sotib olibsan. Allox inson uchun yaratgan yerlarni o’z mulking qilib, ko’pchilik insonlarning rizqini o’zingniki qilib olib, boshqalarni och-yalong’och xolatga qoyding. Bizlarga ham fursat bergin! Ko’rmadingmi, o’zing yolg’iz ko’chalarda yurolmay, qo’rqib, o’zinga dunyoni tor qilib olib, qafasdagi qushga o’xshab qolmadingmi? Sen hammani ko’rding va yashading. Shunchalik dunyo bu, jannat emas, zirikkansan. Endi Allox uchun o’zingni avloding va eng yaxshi ko’rgan qarindoshlaring va tabiating uchun xotirjam kelajak uchun insonlarga foydalik bo’lgan yordamingni qil va tijoratni insonlarga foydalik qilib o’zgartir!
Ey ulug’ millat deb atab olganlar! Millatingni ulug’ligini, adolatparvarliging, rostgo’ylioging, muhabbating orqali ko’rsat. Xech qachon xiyla makr, zo’rlik-zo’ravonlik, xaqsizlik yo’llari bilan qilma. U faqat vaqtinchalik ishinga yaragani bilan, masalani uzl-kesil xal qilish yo’li hisoblanmaydi. U faqat adolat orqali keladi. Boshqa millatni qul qilaman deb o’ylama. Inson inson uchun qul bolish uchun yaratilmagan hamda avvalgidek axoli soni ming emas, milliard. Shuning ucun mantiqsiz niyyatingdan qayt!
Ey insonlar! Xozirgi dunyoga bir nazar solaylik. Avval davlatimiz va boshqa davlatlarga qarab chiqsak, ba’zilari bir-biri bilan samimiy do’stga o’xhsab ko’ringani bilan, amalda qanday qilib bir-birini boplash, ildizini kovlash bilan ovora. Ba’zilari o’zi xaqsiz bola turib, aql va taxnika qurol-yaroq, pul, mol-dunyo kuchi bilan boshqalarni zo’rlik bilan bosib olish, uning mol dunyosini tortib olish, odamlarni inson tafakkuriga sig’magan usullar bilan qiynash, gunoxsiz odam o’ldirish, bosqinchilik qilish, ichki a’zolarini sotish, va boshqa shaytonni aqliga ham kelmagan ishlarni qilish bilan o’z maqsadiga yetgan va boshqa davlat raxbarlarini o’zini manfaatiga bo’ysunadigan, odamlarni qo’yib, ularning taqdirini boshqasi xal etayotgan. Xalqni farzadni bo’lgan askar va militsiyalarni xar-xil dori, ukol yoki ovqatiga xar xil narsalarni qoshib berish orqali ularni xuddi temir odamdek qilib olib, xoxlaganicha boshqalarni o’ldirtirib, o’z joniga ham qasd qilayotgan. Davlat o’z xalqini o’z dushmani bo’lib, xalqni ezayotgan, o’lgan odamlarni a’zolarini sotayotgan, keyin unga yordam qilgandek bo’lib, qarzga botirib, o’zi buzub yuborgan binoni qimmat qilib pul topish uchun yana qurayotgan. Odamlarning davlatini vayron qilib, yaxshilik qilayotgandek ko’rinib, panox berayotgan, hamda aldab silab, boshini silagan bo’lib, tijoratga aylantirib olgan, diniga kirgizib olgan. Odamlarni oldida jar solib, aylantirib, boshqalarga korsatib o’ldirib, boshqalarning yuragini siqish orqali uzun zamon yashaymiz deb xom xayol qilayotgan, boshqalarning ijodiyotini o’ziniki qilib o’lgan, zo’rlik bilan salom qildirayotgan, boshqalarning o’zini portlatib o’lishiga sabab bo’layotgan, to’g’ri dinni buzib, xar-xil diniy maktablarni qurib, xato dinni o’rgatib, boshqacha o’zining manfaati uchun ishlaydigan, o’zini o’ldiradigan jonlik bomba qilib, tarbiya qilayotgan. Dinlararo ziddiyat solib, uning kiymini kiyib olib, bir-biri bilan urushga solayotgan. Fohishaxonalarni ochib, o’zini va boshqalarning opa-singillarini fohishabozlik qilayotgan, sotgan, undan boj olgan, uning puli bilan xalqni boqayotgan. Butun tijoratni boshqarib olib, qimmat qilib sotib, kambag’al insonlarning sotib olish imkoniyati bolganligi uchun ba’zi dorilarni ololmay o’layotgan. Boshqalarning ojiz joyini izlab, yoki avval qilgan xatosini topib, tadid qilib, uni o’zi aytganini qildirayotgan, haqiqatni yashirib, xalqni yolg’on bilan aldayotgan, bularni sanab, tugatib bo’lmaydi. Albatda yaxshiliklari ham bor. Bu faqat ba’zi chegaralarni ochilishi. Uzun yillar ko’rishaolmagan qarindoshlarni jam bo’lishi va boshqalar.
Xalqimizga qarasak, ba’zilarimiz insonlikdan chiqdik. Bunga faqat vaziyat va jamiyatlarni bahona qildik. Shaxsiyatchi bo’lib ketib, jamiyatni tuzashni unutdik. Fohisha ishlarni ko’paytirish orqali millionlab bolalarni o’ldirdik, sotdik, tashladik, ota-onalarimizni horladik, tashladik. Asli insonni tabiatida kim bo’lsa bo’lmaydigan mexr-muhabbatni shaxvoniy xavas qilib oldik. Raqobat deb bir-birimizdan qizg’andik, dushman bo’ldik. “Sen o’l! Men yashay” yoki “Uning boshiga kelgan, meni boshimga kelmaydi” dedik. Ishimiz bo’lmadi. Ko’p o’tmay, o’zimizni boshimizga kelishini o’ylamadik. O’zaro yordamlashish, dardlarimizga teng yig’lashni ututdik. Davlatni, shaxsni, avlodimizni bergan mol-dunosini qayerdan kelganligi, pok yoki xaromligini surushtirmadik. Dexqonlarimiz, chorvadorlarimiz o’zining manfaati uchun har-hil kimyoviy moddalar bilan odamlarni boqdik, uning bir kuni bizning avlodimizga ta’sir qilishin o’ylamadik. Zaharli moddalarni qo’shish orqali, tamaki, aroq va boshqa kayf qiladigan narsalarni ishlab chiqarib, millionlab insonlar o’limiga sabab bo’ldik. Pul topish maqsadida yolg’on film, xabar ishlash orqali insonlarni, yosh o’smirlarni yolg’onchi qildik, va o’limiga sabab bo’ldik. Bir to’pning orqasidan quvlashib, urushib, insonlarni va xayvonlarni joniga zamin boladigan xar hil badan-tarbiya xolatlarini ijod qildik. Xayotimizni ma’nosiz isrof qildik. Texnik o’yinchoqlar orqali vaqtimizni isrof qilib, o’zimizni dangasa qildik. Suv ofati yoki yomg’ir ofati bilan kelgan suvni avval ichar edik, xozir bir uyni bosib ketsa, u uydagi ximiyoviy sovun va boshqa narsalar tufaylik butun suv bulg’anib, ichib bo’lmas xolatga keldik. Bularni sanog’ini sanab bitirib bo’lmaydi....
Gapni indallosi. Davlar boshqarishda bir odamni qilgan so’zi bilan, o’ylagan o’yi bilan jazolamasdan, bilmaganni bildirib, undan keyin qarshilik qilsa, unga muvofiq adolat bilan jazo xukm qilsa bo’ladi. “Qo’rqqan oldin musht ko’taradi” deb, “u menga ziyon qiladi” deb oldin xujum qilmay, xujum qilsa, xujm qaytarib. Axloqiy tarbiyani kuchaytirib, jamiyatni axloq bilan boshqaraylik. Bir-birimizning aybimizni ko’rmaslikka solib, xatolik qilgan bo’lsak, tarbiya qilib, fursat berib kechiraylik.
Radio, televideniya filmlarini rostgo’y qilaylik! Axloqsiz filmlarni ishlamaylik, va ko’rsatmaylik! Qalbimizga Alloh, inson, xayvon, tabiat muhabbatini o’rnataylik! Insonlarni teng ko’rib, kamsitmaylik! Xaqiqatni bilib turib, yashirmaylik! Boshqalarni mol-mulkini asraylik! Xiyla, zo’rlik bilan tortib olmaylik! Insonlarga tabiy dori va oziq-ovqatlarni ishlab chiqaraylik! O’zimiz saylagan odamga o’zimiz bo’ysunaylik! Yalg’onchilikni aslo qilmaylik! Bir masala ko’rinsa, bo’lg’inchilik, milatchilik qilmay, masalaning kelib chiqish mohiyatini to’liq tekshirib, undan keyin adolat bilan xukm qilaylik! Bu masalani uzl-kesil xal qilish bo’ladi.
Boshqalarning dininga, urf-odatiga, tiliga, millatiga, izzat-xurmatiga, madaniyatiga, tarihiga dahil qilmaylik, xurmat qilaylik! Avvalgilar qanday xato qilgan bolsa, biz buni bilsak, darxol o’zgartiraylik! İnsonlarni vaqtini isrof qiladigan, yoki asabini, salomatligini buzadigan narsalarni ijod qilmaylik! Butun insoniyatga taxdid solgan atom-yadro qurollarini yo’qotaylik! Bir-birimizdan qo’rqib, yoki boshqalarning taxdid solishini oldini oldim deb, basma-bas yadro-qurol yasab, dunyoni xatarli holatga qo’ymay, uni pulini xalqning turmushini yaxshilashga, yengillatishga sarf qilaylik! Urushga, chegara to’sib, ochiq qafas qilishga hargiz yo’l qo’ymaylik! Hamma masalani o’tirib gaplashish, tavon to’lash, keshirish yo’li bilan xal etaylik. Qasos yo’li bilan bir-birimizga dushmanlikni ortirmaylik. Uning ustiga buni ayrish ham qiyin. Kimni qilganini bilmay boshqalarga zulm qilmaylik! Inson, agar mayib, yoki kasal bo’lmasa, Allox hammamizga o’xshash kuch-quvvat aql farosat ato qilgan. Biz hammani o’zgartira ololaymiz. Kelgusida hotirjam, go’zal, tinch, birlik, barobarlik bilan yashashimiz uchun butun davlatlar, insonlar birgalashib kurashaylik!
Inson uchun o’zgarishni hohlasa, besh minut yetadi, ya’ni avval qilgan yomon ishlarini, gunohlarini ikkinchi qilmaslikka Alloxga, o’ziga qasam qilsa, va qasamida sodiq bo’lsa, darxol o’zgara oladi. Hohlamasa, yoki hohlaganda anglab amal qilmasa, bir umr ham yetmaydi. Masalani darxol xal qildim deb, zo’rlik bilan bostirib, yoki xiyla qilib, aldab, nohaqchilikni ko’paytirib, o’zimizning xalok bolishimizga sabab bo’lmaylik. Tarihimiz bilan faxrlanib yurmaylik! Xozirgi xolimizga qarab ko’raylik. Bu dunyo agar biz qizg’anmasak, urushmasak, borligimizni, dardimizni teng ko’rsak, hammamizga yetadi. Hammamiz bir-birimizga muhxat beraylik! Yani ikki yil. Yana ikki deb qo’limizni tinchlik, birlik deb ko’rsatamiz, uni xaqiqiy yo’lga qo’yaylik! Qo’yaolmasak, bundan keyin, ikki qo’limizni ko’tarmaylik, o’zimizdan ko’raylik. Dunyo tabiatini saqlash uchun, tabiatni buzadigan narsalarni yasamaylik, yo’qotaylik! Insonlarga ziyon bo’lgan tijoratni o’zgartirib, foydali bo’lgan tijoratga aylantiraylik! Dunyoda xozir vaxshiylik, yolg’onchilik, aldamchilik, hxyla-makr, va shaytonni xayron qoldiradigan hamma narsa ohiriga keldi. Dunyoni o’zimiz vayron qilishdan avval uni o’zgartirishga kirishaylik. Qilgan xatoyimiz uchun kechirim so’rab, qochoqlashib, buni darxol boshlaylik!
Doktorlar, o’zingni qasaming amal qilib, “mayli pul bersin” yoki “bermasin”, insonlarni davola! Askarlar va militsiyalar sizlar ham qasamlaringni unutmanglar! Sizlar xalqni avlodisizlar, xech qachon xalqqa o’q otmanglar! G’aflat uyqudan uyg’onaylik! Xar doim Alloxdan boshqa xech kimdan qo’rqmay, xaqqoniayt uchun molimizdan, jonimizdan kechishga tayyor bo’lsak, u paytda biz tayyor bo’lgan bo’lamiz. Men faqat hammanglar biladigan ishlarni eslatib qo’ydim. Bu bir ijodiyot emas. Faqat amal qilmasak, bir tiyin bo’ladi. Buning uchun amal qilaylik, darxol harakat qilaylik! Bu yozgan xatimni eng kamida 3 nusxa qilib, insonlarga beraylik! Xar xil tillarga tarjima qilaylik! Bularni deyish oson, qilish qiyin. Buning oqibati xayirlik, xotirjamlik. Avlodlarimiz uchun qilaylik! Xalqni g’amini yemagan inson inson emas. Oxirida hammamizning tinchlik, xotirjamlik, solamatlik Alloxdan tilab turib, sizlarning orangizda biri bo’lgan Ghayret Sidikdan. Virginia, USA 01/24/2011.
www.Mungdishayli.blogspot.com

No comments:

Post a Comment